9# Xiaomi Remote FRP — Masofaviy Google hisobni yechish (USB Redirector)
Narx: 150 000 UZS
Bajarilish vaqti: 5 daqiqa
Bu xizmat Google Account (FRP) blokirovkasiga tushgan Xiaomi, Redmi va POCO telefonlarini USB Redirector Technician Edition V2 dasturi orqali masofadan xavfsiz qulfdan chiqarish uchun mo‘ljallangan.
Ulanish va ishlatish tartibi:
-
USB Redirector Technician Edition V2 dasturini yuklab oling va ishga tushiring.
-
Dasturdagi Technician ID maydoniga: 1033 0591 9753 deb kiriting.
-
Additional information qismiga saytda buyurtma berganingizdan so‘ng kelgan maxsus kodni yozing va Connect tugmasini bosing.
-
Telefonni USB kabeldan uzing va Sideload (Mi Assistant) rejimiga o‘tkazing, so‘ng qayta USB orqali kompyuterga ulang.
Telefonni Sideload (Mi Assistant) rejimiga o‘tkazish:
Telefonni o‘chiring (Power off).
Ovozni ko‘paytirish (Volume Up) va Yoqish (Power) tugmalarini birgalikda bosib turing.
Ekran yonganda tugmalarni qo‘yib yuboring — Main Menu chiqadi.
Connect with MIAssistant bo‘limini tanlang va tasdiqlang.