5# ISP orqali Google (FRP) hisobini olib tashlash (Flagman va Premium modellar)

Narx: 300 000 UZS

Buyurtma qilish

Sotib olish uchun tizimga kiring

Kirish

Flagman va premium Android telefonlarda Google FRP (Factory Reset Protection) blokirovkasini ISP usuli orqali olib tashlash xizmati.

Mazkur xizmat odatda 4 000 000 so'mdan yuqori qiymatdagi qurilmalar uchun mo'ljallangan. Ushbu telefonlarda plataning tuzilishi murakkab bo'lgani sababli ish yuqori aniqlikdagi professional uskunalar (Easy JTAG Plus, Flash64 va boshqa maxsus jihozlar) yordamida amalga oshiriladi.

Qo'llab-quvvatlanadigan brendlar:

• Samsung S, Note, Fold, Flip va premium A seriyalari
• Xiaomi, Redmi, Poco
• Google Pixel
• OnePlus
• Huawei, Honor
• Oppo, Vivo, Realme
• Motorola
• Nokia
• va boshqa premium Android qurilmalari.

Har bir qurilma alohida diagnostikadan o'tkaziladi va modeliga mos ISP ulanish usuli tanlanadi.

Muhim:

  • Telefon ichidagi ma'lumotlar saqlanmaydi.
  • Telefon ochilib ISP usulida ishlov berilgani sababli, juda kam hollarda qurilmada avvaldan mavjud bo'lgan yashirin apparat nosozligi yoki ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan texnik muammo sabab telefon ishlamay qolishi (yonmasligi) ehtimoli mavjud. Bunday holatda qurilma diagnostika va tiklash ishlari uchun ma'lum muddat ustaxonada qoldiriladi. Agar tiklashning texnik imkoni bo'lmasa, mos donor plata qidiriladi. Donor plata topilmagan taqdirda, mijoz bilan kelishilgan holda telefonni sotib olish taklif etilishi mumkin. Agar ushbu taklif qabul qilinmasa, aynan shu modeldagi boshqa ishlaydigan telefon xarid qilinib, uning platasi mijoz qurilmasiga o'rnatib beriladi. Bunday holatlar amaliyotda juda kam uchraydi, ammo xizmatning texnik xususiyatidan kelib chiqib, mijozni oldindan xabardor qilish maqsadida ushbu ma'lumot taqdim etiladi.