4# ISP orqali Google hisobini olib tashlash (byudjet va o‘rta segment)
Narx: 250 000 UZS
Ushbu xizmat eski yoki arzon telefon modellari uchun mo‘ljallangan. Telefon platasidagi ISP test nuqtalari orqali Easy Jtag Plus yoki Flash64 boxlari yordamida Google hisobidagi blokirovka (FRP) olib tashlanadi. Jarayon tez va xavfsiz, ma’lumotlar saqlanmaydi. Ushbu turdagi telefonlar uchun maxsus moslangan usul qo‘llaniladi.
ISP orqali qo‘llab-quvvatlanadigan telefonlar:
ISP usuli orqali FRP (Google hisobi) blokirovkasini yechish quyidagi brend va modellarda amalga oshiriladi:
- Samsung – A, J, M, S, Note seriyalari (ko‘pchilik modellar)
- Xiaomi / Redmi / Poco – ko‘pchilik modellar
- Huawei / Honor – ko‘pchilik modellar (EMUI 8 va undan yuqori)
- Oppo / Vivo / Realme – ko‘pchilik modellar
- Nokia – ko‘pchilik modellar
- Motorola – ko‘pchilik modellar
- OnePlus – ko‘pchilik modellar
- Google Pixel – ko‘pchilik modellar
- ZTE, Alcatel, Umidigi va boshqa ko‘plab brendlar
Qo‘shimcha: FRP yechish jarayonida agar telefonning o‘zida oldindan mavjud bo‘lgan nosozlik yoki jarayon davomida yuzaga keladigan texnik muammo sababli telefon ishlamay qolsa (yonmasa), uni tuzatish uchun ma’lum muddatga ustaxonada qoldirilishiga to‘g‘ri keladi. Agar tuzatish imkoni bo‘lmasa, muqobil donor plata qidiriladi. Agar donor plata topilmasa, mijoz bilan kelishilgan holda uning telefonini sotib olish taklif qilinadi. Agar mijoz bu taklifni qabul qilmasa, shu modeldagi boshqa ishlaydigan telefon sotib olinib, uning platasi mijozning telefoniga o‘rnatib beriladi. Bu holatlar juda kam uchraydi, biroq oldindan ogohlantirish maqsadida ushbu bandni e’tiboringizga havola qilamiz.