Foydalanish shartlari
1. Umumiy qoidalar
Ushbu platforma — gsm.universam.uz sayti orqali foydalanuvchilarga telefon, kompyuter va boshqa elektron qurilmalarga oid xizmatlar hamda tovarlar taqdim etiladi.
Saytdan foydalanish orqali foydalanuvchi ushbu shartlarga to‘liq rozilik bildiradi.
2. Foydalanuvchi akkaunti
Saytdan to‘liq foydalanish uchun foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishi shart.
Ro‘yxatdan o‘tishda quyidagilar majburiy:
- Telefon raqami
- E-mail manzil
Foydalanuvchi o‘z akkaunti xavfsizligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
3. Xizmatlar haqida
Saytda quyidagi xizmatlar mavjud:
- Online xizmatlar
- Masofaviy xizmatlar
- Offline (ustaxona) xizmatlari
3.1 Online xizmatlar
Qurilma ma’lumotlari to‘g‘ri kiritilishi shart.
- Xizmat natijalari sayt orqali yuboriladi.
- Xizmat natijalari e-mail orqali yuboriladi.
- Xizmat bajarilish muddati xizmat sahifasida ko‘rsatiladi.
3.2 Masofaviy xizmatlar
Mijozdan quyidagilar talab qilinadi:
- Stabil internet
- Qurilmani ulash va ishlatish bo‘yicha minimal texnik tushuncha
Zarur hollarda rasm / video yuborish, video qo‘ng‘iroq orqali yordam berish talab qilinishi mumkin.
3.3 Offline xizmatlar
Qurilma ustaxonaga yetkazilishi kerak.
Yetkazib berish: mijoz tomonidan yoki kuryer orqali.
3.3 (muhim)
Ish jarayonida qo‘shimcha nosozliklar aniqlansa: mijozga rasm/video orqali ma’lumot beriladi. Qo‘shimcha to‘lov talab qilinishi mumkin.
Favqulodda holatlar
Agar qurilma bizning aybimiz bilan zarar ko‘rsa: tuzatish uchun qo‘shimcha muddat so‘raladi.
Agar tuzatib bo‘lmasa: qurilmani sotib olish taklif qilinadi yoki shunga teng boshqa qurilma beriladi.
4. Buyurtmalar
Har bir buyurtma alohida ko‘rib chiqiladi.
Buyurtma muddati taxminiy hisoblanadi; kechikishlar bo‘lishi mumkin.
- Buyurtma rad etilishi mumkin: server ishlamay qolsa, xizmat bajarib bo‘lmasa, tovar mavjud bo‘lmasa, texnik muammo yuzaga kelsa.
5. Yangiliklar va xabarnomalar
Barcha muhim yangiliklar saytdagi «Yangiliklar» bo‘limida e’lon qilinadi.