To‘lov va qaytarish siyosati
1. To‘lov tartibi
To‘lovlar bank karta orqali va Click orqali amalga oshiriladi.
To‘lov tasdiqlangandan so‘ng mijoz akkauntiga credit (balans) shaklida tushiriladi.
2. Balans (credit) haqida
Hisob to‘ldirilgandan keyin pul qaytarilmaydi.
Mablag‘ faqat xizmatlar va tovarlar xaridi uchun ishlatiladi.
3. Buyurtma bekor qilinsa
Mablag‘ mijoz akkauntiga qaytariladi (credit shaklida).
4. Xizmat bajarilmasa
Mablag‘ balansga qaytariladi.
5. Rollar va Distributor hisobi
Narx darajalari: Client, Master, Reseller, Distributor — har biri o‘z narxiga ega (mavjud bo‘lsa).
Distributor roli saytda eng chegirmali narxlardan foydalanish imkonini beradi.
Distributor hisobini birinchi marta to‘ldirishda minimal summa — 3 000 000 so‘m (bir martalik talab).
Distributor qarzga (balans manfiy holatda) buyurtma bera olmaydi; xarid faqat mavjud balans doirasida amalga oshiriladi.
Balans miqdoriga qarab distributor narxlari o‘zgarmaydi — rol berilgach, chegirmali narxlar doim qo‘llanadi.
6. Kredit va qarzga buyurtma
Ayrim foydalanuvchilar uchun balans yetmasa ham buyurtma berish (qarzga ishlash) admin tomonidan alohida yoqilishi mumkin.
Qarz holatida hamyon balansi manfiy bo‘ladi; foydalanuvchi keyinroq to‘lov orqali balansni to‘ldirishi shart.
Qarzdor foydalanuvchi tizimga kirganda qarz miqdori haqida ogohlantirish ko‘rsatiladi.
Qarzi bor foydalanuvchi yangi buyurtma yoki xarid berishdan oldin joriy qarz va buyurtmadan keyingi taxminiy qarz miqdorini ko‘rib tasdiqlashi kerak.
Platforma qarzni undirish bo‘yicha admin bilan kelishilgan tartibda harakat qiladi; to‘lovlar faqat saytdagi rasmiy usullar orqali amalga oshiriladi.